Zamonaviy bojxona terminallari eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi
18.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davlat bojxona qo‘mitasida “Astrophysics” brendi ostida mashhur bo‘lgan zamonaviy skaner uskunalarini yetkazib berishga ixtisoslashgan AQShning “Witt Security Solutions” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2019-2021 yillarda «Yallama» va «S. Najimov» (Toshkent viloyati), «Do‘stlik» (Andijon viloyati), «Olot» (Buxoro viloyati) «Daut-ota» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), «Madaniyat» (Andijon viloyati), «O‘zbekiston» (Farg‘ona viloyati), «G‘ishtko‘prik» va «Oybek» (Toshkent viloyati) chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallari qurish rejalashtirilgan.

Shu sababli uchrashuvda mazkur kompaniya vakillari bojxona terminallarini jihozlash maqsadida o‘zlarining eng ilg‘or mahsulotlarini taklif etishdi.

Uchrashuvda respublikamizda quriladigan bojxona terminallarini nazorat va xavfsizlik sohasidagi ilg‘or texnologiyalar, xususan, katta hajmli skaner qurilmalari bilan jihozlashda AQSh tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi.

Jumladan, «Witt Security Solutions” va “Astrophysics” kompaniyalarining bu boradagi tajribasi va mahsulotlari haqida ko‘rgazmali taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘tarilgan masalalar va hamkorlik qilish bo‘yicha takliflarni har tomonlama o‘rganib chiqishlarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq