Uzcard banklararo to‘lov tizimining yangi ishtirokchisi
18.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard banklararo to‘lov tizimining yangi ishtirokchisi ro‘yxatga olinganini xabar beradi.

2018-yil 29-dekabrda o‘z faoliyatini boshlagan Poytaxt banki shu kunlarda Yagona umumrespublika protsessing markaziga integratsiya qilindi. 2017-yil mart oyida Poytaxt banki aksiyadorlik tijorat turar joy-qurilish jamg‘arma bankini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2017-yil mart oyida qabul qilingan edi. Uning asosiy vazifalari — aholi va yuridik shaxslarning turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ipoteka kreditlarini ajratish va bank xizmatlarini ko‘rsatish, arzon ko‘p kvartirali uylarni quruvchi pudratchi tashkilotlarga kredit resurslarini ajratish, arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalash va qurishda buyurtmachi vazifalarini bajarish va boshqalardan iborat.

Bugungi kunga qadar Yagona umumrespublika protsessing markazi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 28 ta bankga provayderlik vazifasini va protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq