TATU talabasi «Yosh ixtirochilar kuni»ga bag’ishlangan tanlovda g’olib bo’ldi!
18.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

17-yanvar kuni yoshlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Toshkent Politexnika muzeyi xamkorligida «Yosh ixtirochilar kuni»ga bag’ishlangan tanlov boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi shundaki, universitetimizning Kompyuter injiniringi fakulteti III bosqich talabasi Javohir Nizomiddinov tanlovning «Eng yaxshi ijtimoiy loyiha» yo’nalishi bo’yicha go’lib bo’ldi!

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, ushbu tanlovda yurtimizda bilim olib kelayotgan iqtidorli va innovatsion texnologiyalarga qiziquvchi maktab, kollej oʻquvchilari, universitet, institut talabalari oʻz ixtirolari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilarning loyihalari xakamlar xayʼati tomonidan baholanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq