Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida bayram tadbiri oʻtkazildi
18.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2019-yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov, vazir oʻrinbosari B.Olmatov, Elektromagnit moslashuv markazi boshligʻi oʻrinbosari A.Hoshimxoʻjayev va boshqalar ishtirok etishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov oʻz tabrik soʻzida harbiy xizmatchilarni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, Prezidentimiz tomonidan Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qoʻyilayotgan vazifalar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtib, bu borada barchaga zamon bilan hamnafas boʻlish kerakligini taʼkidladi.

Yakor Shundan soʻng taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bayramda podpolkovnik X.Eshmamatov, serjant A.Kashirskiy, kichik serjant N.Shermatova “Oʻz kasbining ustasi”; podpolkovnik A.Qoʻchqorov, podpolkovnik K.Abdunabiyev, kapitan D.Tateshev faxriy yorliq kabi vazirlik miqyosidagi idoraviy mukofotlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek boshqarma boʻyicha oʻtkazilgan “Ilgʻor mutaxassis”” tanlovida gʻolib boʻlganlarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida podpolkovnik Komiljon Abdunabiyev boshchiligidagi “Impuls” ansambli jamoasi oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan barcha bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq