Elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazi tashkil etiladi
18.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Poytaxtimizda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi vitse prezidenti Li Sang Ki ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» o‘rtasida bitim imzolandi.

Joriy yil 1-sentyabrga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.

– Markaz respublika bo‘yicha o‘rnatilgan elektron hisoblagichlardan iste’mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari va hisoblagichlarning holati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi hamda qayta ishlaydi, – deydi “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev. – Shuningdek, qayta ishlangan ma’lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagichlarning holati bo‘yicha operatorga hisobot beradi. Bundan tashqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yo‘qotishlar miqdorini tahlil qilish va me’yoridan ortiqcha yo‘qotishlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagichga elektr ta’minoti korxonasining xabarisiz tashqi ta’sir ko‘rsatilganda operatorni xabardor qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2021-yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq