Toshkent shahri bo`yicha kadastr ma`lumotnomasini online rejimda olish imkoniyati yaratildi
17.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Endilikda «DAVREESTR.UZ» Axborot –resurs portalida Toshkent shahri bo’yicha ko`chmas mulk Davlat Reestiridan kadastr korxonasi yoki Davlat xizmatlari Markazlariga murojaat qilmagan holda online tarzda ma`lumotnoma olish imkoniyati yaratildi.

«DAVREESTR.UZ» portali orqali Davlat reyestridan ma’lumotnoma olish uchun quyidagi amallar bajariladi:

1. ONE ID — yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish

2. Yuqorida belgilangan formaga o‘zingizni qiziqtirgan ob’yektning kadastr raqamini kiriting.

3. Tayyor ma’lumotnomani shaxsiy kabinet orqali .pdf formatda yuklab olinadi. Ma’lumotnoma elektron imzo bilan tasdiqlangan bo‘lib, ma’lumotlar haqqoniyligini QR kod orqali tekshirish imkoniyati mavjud.

Davlat Reestridan berilgan ma’lumotnomada har qanday turdagi ko‘chmas mulk ob’yekti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

1. Ko‘chmas mulk ob’yektini ro‘yxatga olish vaqtida biriktirilgan noyob kadastr raqami va aniq joylashgan manzili.

2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va huquq ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana.

3. Ob’yekt egalari soni va ularning ismi-sharifi.

4. Ta’qiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (garov, xatlash va hokazo.).

Ko`chmas mulk obyektlari bo`yicha ma`lumotnoma oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, vasiyatnoma va boshqa shartnomalarni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq