Andijonlik talabalarga xorijlik professorlar onlayn tarzda vebinar ma’ruzalar o‘qidi
16.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mordoviya davlat universiteti professorlari Andijon davlat universiteti talabalari uchun vebinar tarzda onlayn ma’ruzalar o‘qishdi.

O‘tgan yili ilk marotaba Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumidagi kelishuvlar natijasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab universitetda Mordoviya davlat universiteti bilan qo‘shma dasturlar, asosida talabalarni o‘qitish rejalashtirilgan. Mazkur memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Yo‘l xaritasiga kiritilgan Mordoviya davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon davlat universiteti talabalari uchun onlayn tarzda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish rejasi ishlab chiqildi.

Hamkorlik memorandumiga muvofiq Mordoviya davlat universiteti matematik analiz kafedrasi professorlari Ravilya Bekmurzina hamda Anna Klimovalar tomonidan universitetning matematika ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun vebinar onlayn ma’ruzalar olib borildi. Ushbu mashg‘ulotlar natijasida professor-o‘qituvchi va talabalar zamonaviy bilimlarni egalladilar. 2019-yilda bunday ma’ruzalarning o‘tkazilishi reja bo‘yicha davom etadi.

Bugungi kunda Andijon davlat universiteti ta’lim sifatini oshirish maqsadida dunyoning nufuzli universitetlari bilan akademik, ilmiy va xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, 52 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lsa, bulardan 28 ta oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama akademik memorandum va shartnomalar imzolandi.

2018-yilning o‘zida 50 dan ziyod rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari universitetda ayrim fanlardan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan bo‘lsalar, universitetning 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilari Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlariga borib qisqa muddatli stajirovka, doktorantura va malaka oshirish kurslarida bo‘lib qaytdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq