Onkoepidemiologik monitoring dasturi yaratildi
12.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tibbiyot xodimlari Almuxamedova Barno, Alieva Dilfuza, Sabirova Diloromlar tomonidan onkoepidemiologik monitoring uchun mo’ljallangan dastur yaratildi.

Dastur bemorlarning tekshiruv ma’lumotlarini, shu jumladan, ultratovush tekshiruvlari natijalarini to’plash, kiritish va saqlash hamda zaruriy davolanishni tanlash kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Mualliflar tomonidan kombinasiyalangan radikal davolash dasturlaridan foydalangan holda maxsus terapiya usullari takomillashtirildi, onkologik epidemiologik vaziyatni tibbiy va statistik tahlil qilish tamoyillaridan foydalanib bachadon bo’yni saratoni xavfining oldini olish, erta tashhislash va prognoz qilish uchun optimal usullar ishlab chiqildi. Ushbu dastur amaliy tibbiyotda bemorlar shifoxonaga yotqizilganda va davolash jarayonida ishlatilishi mumkin.

Dastur mualliflariga DGU 05750-raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq