O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari qishki sessiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar
11.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘qish zallari qishki sessiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar, kollej va litsey o‘quvchilari bilan gavjum.

Qishki ta’til tufayli o‘quv dargohlari bo‘shab qolgan bo‘lsa-da, Milliy kutubxona o‘qish zallarida semestr imtihonlariga tayyorgarlik avjida.

Bu holni hamma o‘zicha izohlaydi: kimdir kutubxona o‘qish zallarini dars qilishga qulay deb biladi, kimgadir kutubxona diqqat-e’tiborini jamlashga yordam beradi, kimgadir shu yerda dars tayyorlash yoqadi – barcha kerakli adabiyotlar shu yerda topiladi, yana kimdir bu yerda boshqa talabalar bilan fikr almashish imkoniyati borligini aytadi.

Yoshlar hech narsaga chalg‘imasdan, kitoblarni varaqlayaptilar, kerakli ma’lumotlarni qayd qilmoqdalar, daftarlariga yozib olyaptilar, diagrammalar va chizmalar tayyorlayaptilar. Imtihonlarga tayyorganlik ko‘rish usullari ham turlicha. Ba’zilar do‘stlari bilan savollarni bo‘lib olishgan: savollarga yozma javoblarni yarmini tayyorlab, so‘ngra yozma variantlarni do‘stlari bilan almashadilar. Ba’zilar fanlar bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni Internet orqali izlashmoqda. Ba’zilar ma’ruzalarni qayta tinglashmoqda. Eng tirishqoq talabalar esa do‘stlariga yordam berishmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq