IBM Security QRadar SIEM mahsuloti mahalliy iste’molchilar uchun
11.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

NIHOL mutaxassislari IBM Security QRadar SIEM mahsuloti bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishdi.

IBM Security QRadar SIEM tarmoqdagi minglab qurilmalar, so‘nggi nuqtalar va ilovalardan keluvchi voqea jurnallaridagi ma’lumotlarni umumlashtiradi.

Ushbu mahsulot xavfsizlikka qarshi tahdidlarni aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni tahlil qiladi va normallashtiradi, shuningdek, normal xatti-harakatlarni aniqlash, anomaliya holatlarini topish, zamonaviy tahdidlarni oshkor qilish va ijobiy yolg‘on natijalarni bartaraf etish uchun Sense Analytics ilg‘or mexanizmidan foydalanadi.

Ushbu Dasturiy ta’minot imkoniyatlari jihatdan IBM X-Force Threat Intelligence o‘z ichiga oladi. Mahsulot ehtimoliy zararli IP-adreslar, jumladan, zararli dasturiy ta’minotga ega kompyuter adreslari, spam manbalari va boshqa tahdidlar ro‘yxatini o‘zida saqlaydi.

Shuningdek, IBM QRadar SIEM mahsuloti, tizim uchun xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar ahamiyatini aniqlash maqsadida, tarmoq ichidagi ma’lumotlar va voqealar bilan tahdidlarni o‘zaro solishtirish imkoniyatiga ega.

Imtihonlarning muvaffaqiyatli topshirilishi va tegishli sertifikat bilan tasdiqlanganligi, NIHOL jamoasiga, axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muhim vazifalar yechimini topuvchi, IBM Security QRadar SIEM kabi innovatsion mahsulotni mahalliy iste’molchilarga taklif etish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq