Elektron kirish vizasini berish tizimi takomillashtirilmoqda
11.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yangi 2019-yil boshidan davlat rahbarining tashabbusi bilan elektron viza berishda interaktiv xizmatlarni joriy etish, chet el fuqarolarini respublikamizga kirish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirish tartibini optimallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-3836-sonli qaroriga muvofiq, 2018-yil 15-iyuldan elektron vizalar berish tizimi (E-VISA.UZ) ishga tushirildi. Ushbu huquqiy-normativ hujjat, 49 ta mamlakat fuqarolariga internet orqali elektron viza rasmiylashtirish imkoniyatini berdi.

Statistik maʼlumotlarning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, 2018-yil 15-iyuldan 2019-yil 1-yanvariga qadar 49 ta mamlakatdan 24 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar ushbu tizim imkoniyatlaridan foydalanishdi.

Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini hisobga olgan holda, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va sayyohlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 2019-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 76 ta mamlakat fuqarolari elektron vizadan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Shunga ko’ra, 2019-yil 15-martdan boshlab mamlakatga tashrif buyuruvchilarga quyidagi 30 kunlik elektron viza turlarni berish belgilab berildi:

Ikki martalik, konsullik badali bilan birgalikda $ 35;

Koʻp martalik konsullik badali bilan birgalikda $ 50.

Ikki martalik yoki koʻp martalik kirish vizalari, tashrif buyuruvchilarning Oʻzbekistondan chiqib ketishi va amaldagi vizasining muddati tugamagan boʻlsa, qayta kiritilishi mumkinligini ham nazarda tutadi.

Ushbu amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshishiga va xorijiy sayyohlar uchun yurtimizda yana ham qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga ijobiy taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq