Toshkentda Amiti Universiteti tashkil etiladi
09.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida Amiti universiteti (Hindiston)ning filiali ochiladi. Bu haqda tegishli qaror 7-yanvarda qabul qilindi.

Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Amiti universiteti – Hindistonda yetakchi xususiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Taʼlim muassasasining bosh korpusi Noida shahrida joylashgan boʻlib, uning 11 ta shaharda (Moʻmbay, Jaypur, Kolkata va boshqalar) kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

Toshkent shahrida ushbu oliy taʼlim muassasasini ochish boʻyicha kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq