Andijon viloyatida mobil aloqa tarmoqlari kengaymoqda
09.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan Andijon viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan 2018-yilning dekabr oyida Ucell mobil aloqa operatorining Andijon viloyatidagi qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etildi.

Komissiya xulosasiga asosan Ucell mobil aloqa operatorining 28 ta 3G texnologiyasida xizmat ko‘rsatuvchi va 9 ta 4G (LTE) texnologiyasida xizmat ko‘rsatuvchi qurilishi tugallangan aloqa obyektlari foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan shu kabi telekommunikatsiya obyektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bir qatorda yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq