O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni yangi tashkil etilayotgan tarkibiy bo‘linma – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limiga xodimlar tanlov asosida ishga qabul qilinishini e’lon qiladi
08.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bo‘lim faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— Qonunchilik palatasi faoliyatini axborot-texnik jihatdan ta’minlash;

— Qonunchilik palatasining axborot tizimlari va axborot resurslarini, shu jumladan, elektron ovoz berish, ovoz kuchaytirish, stenografiya qilish, elektron hujjat aylanishi va boshqa tizimlarini shakllantirish, ularni rivojlantirish va ulardan foydalanish;

— Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish;

— faoliyat jarayonlarini avtomatlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

— zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisobiga Qonunchilik palatasi faoliyatining ochiqligini ta’minlashga ko‘maklashish.

Tanlov Bo‘lim rahbarlari va xodimlari lavozimlari o‘rnini to‘ldirish uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi: tizim ma’muri, mutaxassis muhandis, elektronchi muhandis, ma’lumotlar bazalari ma’muri, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis, veb-ma’mur, dasturchi muhandis va boshqalar.

Bo‘lim xodimlari bo‘sh lavozimlari o‘rnini to‘ldirish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

— oliy ma’lumotli bo‘lish (axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisligi bo‘yicha maxsus oliy ma’lumotga ega bo‘lish yanada maqbul hisoblanadi);

— zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish, shuningdek, kompyuter tarmoqlarini boshqarish, dasturlashtirish, tegishli normativ hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajarish mahorati va ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Bo‘lim xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularning ijtimoiy ta’minoti me’yorlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etishga qiziquvchi shaxslardan obyektivka-ma’lumotnomani (rezyumeni) 2019-yil 20-yanvargacha bo‘lgan muddatda quyidagi elektron pochta manzili bo‘yicha yuborishingizni so‘raymiz:

kadr@parliament.gov.uz, ma’lumotlar uchun telefon: 71-239-81-05.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq