Toshkentda axborot xavfsizligi sohasida ochiq musobaqalar – “CTF.UZ” boʻlib oʻtmoqda
07.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yilning 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida axborot xavfsizligi sohasidagi “CTF.UZ” (Capture the Flag) tanlovi yarim final va final bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tanlov axborot xavfsizligini taʼminlash borasidagi mavjud salohiyatini rivojlantirish istagida boʻlgan isteʼdodli yoshlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

2018-yilning 15-noyabridan 25-dekabriga qadar respublikamizning 11 ta hududida tanlovning dastlabki turlari oʻtkazildi. Musobaqalarda sohaning oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va litseylari talabalari, mehnat faoliyatida boʻlgan yoshlar ishtirok etmoqda.

Tanlov dasturiga koʻra, 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida musobaqalarning yarim final va final bosqichlari boʻlib oʻtadi. Ushbu jarayonlarda musobaqalar bilan bir qatorda mahorat maktablari ham tashkil etiladi.

9-yanvarda musobaqalar yakuniga koʻra, “ZOʻR TV” telekanali studiyasida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. Unda tashkilotchilarning maxsus sovgʻalari va pul mukofotlari topshiriladi.

Tanlov texnik jihatdan “Oʻzbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq