Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun «Best IP — 2019» tanlovi e’lon qilinadi
07.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk obyektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovasion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovasion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominasiyalari bo‘yicha «Best IP — 2019» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga so‘nggi 3 yil (2016-2018 yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.

Tanlovning yoshlar o‘rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominasiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 40 yoshga to‘lmagan, o‘zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo‘lgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin.

Ilgari o‘tkazilgan tanlovlarda mukofotli o‘rinlarni egallagan mualliflar yoki huquq egalarining arizalari Nizomga muvofiq o‘tkaziladigan tanlovda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2019-yil 10-yanvardan 2019-yil 12-aprelga qadar qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari «26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni» arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

— Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza;

— muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi;

— obyektdan foydalanish dalolatnomasi yoki obyektni foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, lisenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va boshqalar).

Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9:00dan 17:00gacha quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy.

Hujjatlar Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun «Best IP — 2019″ tanloviga» deb ko‘rsatilgan holda topshirilishi lozim.

Shuningdek, tanlovga hujjatlar elektron tarzda tanlov@ima.uz elektron manzilida ham qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-32, 0 371 232-50-40.

Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.

Tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni Agentlik saytidan olishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq