Pochta xizmati mutaxassislari uchun o‘quv kursi o‘tkazilmoqda
04.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish jarayonida mijozlarga qulayliklar yaratish, amaliyotga joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini aholi va korxonalarga taqdim qilish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda.

Ammo pochta sohasining amaliy faoliyatini o‘rganishlar shuni ko‘rsatayaptiki, bugungi kunda pochta aloqasi xizmatlari sifatini yaxshilash borasida sohaning boshqaruv tizimini takomillashtirish talab etilmoqda.

Shularni e’tiborga olgan holda, pochta xodimlari oldida turgan masalalarni echimini topish, hamda pochta xizmati mutaxassislarini korporativ boshqaruvining ilg‘or uslublari bilan tanishtirish, milliy operatorning faoliyatini diversifikatsiya qilish yo‘llarini o‘rganish, kadrlar salohiyatini zamon talablari darajasiga moslashtirish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ rahbariyati tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 2019 yil 4-6 yanvar kunlari “Zamonaviy pochta aloqasi sohasida marketingning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashish uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJ barcha viloyat filiallari, “Toshkent pochtamti”, “Xalqaro pochtamt”, “Xalqaro tezkor pochta”, “Matbuot tarqatish” va “O‘zbekiston markasi” filiallari rahbarlari jalb etilgan bo‘lib, ularga umumiy marketing, menejment, moliyani rejalashtirish va prognozlash, investitsion qarorlarni baholash, boshqaruv amaliyoti masalalariga oid seminar tashkil qilindi.

O‘quv kursi dasturiga muvofiq seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Korporativ boshqaruv” ilmiy-ta’lim markazi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ o‘z sohasida yuqori malakaga ega mutaxassislari ma’ruzalarini taqdim etadilar. O‘quv kursi ishtirokchilari nafaqat ma’ruzalarni tinglash bilan chegaralanadilar, balki mazkur o‘quv kursi ularga o‘ziga xos fikr va tajriba almashish platformasi imkoniyatini ham yaratib beradi.

O‘quv kursining nazariy qismi tugagach, Qashqadaryo viloyati tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamalari va aloqa bo‘limlarida pochta aloqasi xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha amaliy tajriba almashish rejalashtirilgan.

Shahrisabz shahrida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq