Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlar uchun yana bir qulaylik yaratdi
30.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlarga qulaylik yaratish maqsadida, yangi tashinvest.uz interaktiv portal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur investitsiya portali orqali nafaqat mamlakatimiz, balki xorij ishbilarmonlari o‘z loyihalarini onlayn tarzda yuborishlari mumkin. Bunda investorlarning qimmatli vaqtini tejash, masofadan turib beznes loyihalarini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun portalda maxsus so‘rovnomani to‘ldirib, ariza qoldirish imkoniyati mavjud. Invest portalining yana bir afzallik jihati investor taqdim etgan loyihasining qaysi bosqichda ko‘rib chiqilayotganini kuzatib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, portal tezkor va shaffofdir. Yuborilgan arizalarga qisqa muddatda javob beriladi.

Invest portal orqali kelib tushgan loyihalar hokimiyatning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tasdig‘idan o‘tgan loyihalar hokimlik binosida bo‘lib o‘tadigan “Investorlar kuni” tadbirida ishktirok etadi.

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlarni qadrlaydi. Hokimlik ma’muriyati ularga qulay shart-sharoit yaratishdan hamisha baxtiyor.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq