Tashqi ishlar vazirligida fuqarolar murojaatlarini tezda qabul qiladigan «Call-center» faoliyat boshladi
29.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Fuqarolar bilan ishlashni mukammallashtirish, ularga tezkor va har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi «Call-center» yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi.
1164 raqami 20 ta kanalga ega. +998-71-233-69-46 shahar raqami orqali ham telefon qilish mumkin.
«Call-center» har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.
Yaqin vaqtlarda xorijdan qo‘ng‘iroq qilish uchun maxsus raqam o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, u tunu kun ishlashi kutilmoqda.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq