Аndijon viloyatida radiohavaskorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
27.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 15-dekabr kuni Vatanparvar tashkilotida radiohavaskorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Andijon viloyatining shahar va tumanlaridan 30 nafar radiohavaskor ishtirok etdi.

Yig‘ilish boshlanishida viloyatning barcha radiohavaskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining 2004-yil 16-aprelda ½ -son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi hududida radiohavaskorlik stansiyalarini ishlatish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida radiohavaskorlarga yo‘riqnoma berildi. Shu bilan birga, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirish, sotish va ulardan foydalanish qoidalari va tartiblari to‘g‘risida tushuncha berildi.

Yig‘ilish davomida radiohavaskorlar faoliyati o‘rganib chiqildi hamda muhokama qilindi. Ruxsatnoma darajalarini orttirish istagini bildirgan radiohavaskorlarga ruxsatnoma darajalarini ortirish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi nizom talablari bajarilishi zarur ekanligi tushuntirildi.

Qisqa va ultra qisqa to‘lqin diapazonlarida radioaloqa o‘rnatish bo‘yicha respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashgan radiohavaskorlar faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng viloyatimiz radiohavaskorlari musobaqalarda egallagan o‘rinlari bo‘yicha tegishli darajadagi diplom va mukofotlar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilishda radiohavaskorlar faoliyatini yanada rivjlantirish zarurligi hamda qisqa va ultra qisqa diapazonlarda viloyat birinchiligi musobaqasini tashkil qilish zarurligi muhokama qilindi. Shuningdek, radiohavaskorlar bir birlari bilan tajriba almashish maqsadida, har oyda bir marotaba Vatanparvar jamoa radiostansiyasi xonasida uchrashuvlar o‘tkazilishi taklif kiritildi. Ushbu taklif radiohavaskorlar o‘rtasida muhokama qilindi.

Radiosport sohasini yanada rivojlantirish hamda ushbu sport turiga yoshlarni qiziqtirish shu bilan birga, maktab o‘quvchilarini jalb qilish muhim masala ekanligi alohida ta’kidlandi.

Majlis yakunida viloyatning radiohavaskorlariga havaskorlik radiostansiyalaridan foydalanish uchun ruxsatnomalari taqdim etildi.

Vatanparvar tashkilotining jamoa radiostansiyasi va viloyatning faol radiohavaskorlari Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamkorligida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida o‘rta va qisqa to‘lqin diapazonlarda radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalangan fuqarolar qonunbuzliklari uchun tegishli chora ko‘rilganidan so‘ng, hamda olib borilgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida, ular hozirgi kunda radiohavaskor bo‘lib faol faoliyat ko‘rsatayotganliklari yaqqol ko‘rinib turibdi.

Andijon viloyati EMMX viloyati boshilig‘i – Kadirov U.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq