TATUning yosh olimasi “Yil ayoli” deb topildi!
26.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

24-dekabr kuni «Yil ayoli-2018» milliy tanlovi va «Nafosat-2018» koʻrik-tanlovi gʻoliblarini aniqlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda har ikki tanlov gʻoliblari aniqlandi.

Unga koʻra, ʼYil ayoli-2018ʼ milliy tanlovining «Gran-Pri» oliy oʻringa Muhammad al-Xorazmi nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimasi Saida Beknazarova loyiq, deb topildi.

Saida Beknazarova multimedia tizimlarida diskret-uzluksiz axborot resurslarga ishlov berish, qayta ishlashning usul, algoritmlar va dasturiy taʼminotlarni yaratish, jarayonlarini modellashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 169 ta ilmiy ishlari xorij va mamlakatimiz nufuzli jurnallarda chop etilgan. 9 ta darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiyalar muallifi. Axborotlarni qayta ishlash, uzatish jarayonlarda bir vaqt moboynida uzluksiz matn, audio, video maʼlumotlarni yoʻqotishlarsiz sifatli yetkazib berishga qaratilgan 15 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarga Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnomalar muallifi.

Shuningdek, Saida Beknazarova Nyuton medali sohibasi hamdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq