IUT va «SRPOST» o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
25.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning «SRPOST» kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar elektron hukumat hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

IUT va «SRPOST» ham loyihalarni universitet talaba va professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb etgan holda, birgalikda amalga oshirish niyatida.

«ePeople» portali ishlab chiquvchisi «SRPOST» IT-kompaniyasi 2007-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati mijozlarga xizmat ko‘rsatishning dasturiy ta’minotini, pochta tizimini, SI/SMni ishlab chiqish, Biznesni boshqarish bo‘yicha milliy Kengashining dasturiy ta’minotini rivojlantirish, shuningdek, Big data va boshqa yangi texnologiyalar asosida amaliy tizimni ishlab chiqishdan iboratdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq