IDC tahlilchilari smartfonlar yetkazib berish ko‘rsatkichi yana o‘sishni boshlaygan yilni e’lon qildilar
25.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda smartfonlar yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga kamayadi.

Davom etayotgan AQSh va Xitoy savdo tortishuvi soha rivojini murakkablashtirayotgan bo‘lsa ham, IDC tahlilchilarining fikriga ko‘ra, rivojlanayotgan bozorlar, 5G texnologiyasi imkoniyati va yangi shakl omillari smartfon bozorini o‘sishiga olib keladi. Shunday qilib, 2019-yilda o‘sish 2022-yilgacha davom etadi. Agar aniq raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilda 1,42 milliard dona smartfon yetkazib berish rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun: 2017-yilda yetkazib berish 0,3 foizga kamaydi, bu 1,47 milliard dona qurilmaga to‘g‘ri keldi. IDC 2019-yilda yetkazib berishni 2,6 foizga oshirishini va 2022-yilga kelib, tahlilchilar 1,57 milliard dona jo‘natilishini prognoz qilmoqdalar. Mutaxassis-ekspеrtlar katta ekranli qurilmalarning ommalashishishini taxmin qilmoqdalar. Joriy yilda 5,5 duym yoki undan katta ekranli modellar 947,1 mln. dona jo‘natiladi, bu esa bozorning 66,7 foizini tashkil etadi. 2017-yilda 623,3 mln. dona mahsulot ishlab chiqarildi va bu bozorning 42,5 foizini tashkil etdi. 2022-yilga kelib, katta ekranli smartfonlarni yetkazib berish 1,38 mlrd. donaga yetadi, bu umumiy taklifning 87,7 foizini tashkil etadi. Ekranlarning kattaligi bo‘yicha yetkazib berish alohida diagrammada ko‘rsatilgan.

Android va operatsion tizimi o‘rtasida bozor taqsimotiga kelsak, Android ulushi prognoz qilingan davr mobaynida taxminan 85 foizni tashkil etadi. Bozorning qolgan qismi deyarli iOS egallaydi.

Manba: www.idc.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq