5G ilovalari ommaviylashgunga qadar yillar talab etiladi
25.12.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi apparat-yechimlarni yetkazib beruvchilar hozircha ommalashishga umid qilmasalar ham bo‘ladi. Internet-texnologiyalari ishlanmalarini yaratuvchi kompaniyalarini birlashtiruvchi Tayvan TwIoTA assotsiatsiyasi raisi Frenk Xuan (Frank Huang)ning so‘zlariga qaraganda, 5G texnologiyasining hali tijorat salohiyati mavjud emas.

Ba’zi operatorlar 2019-yilning birinchi choragida AQShda 5G xizmatlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqchi bo‘layotgan bo‘lishsa-da, butun dunyo bo‘ylab ko‘pgina operatorlar 4G spektri uchun uskunalar va litsenziyalarga investitsiyalarni to‘lamaganlar. 5G ilovalari uchun elektron komponentlar hali yetuklik darajasiga yetib bormaganligi sababli bu 5G qimmatga tushishiga olib keladi. Uyushma raisi shubhasiz, 5G ilovalari ommaviylashgunga qadar yillar o‘tadi, deb ishonadi. 5G modemini o‘z ichiga olgan yangi Qualcomm mobil platformasi kabi birinchi yechimlarning mavjudligi butun dunyodagi telekom operatorlari avtomatik ravishda, 5G xizmatlarini joriy qila boshlaydi degani emas. 5G smartfonlar uchun yuqori narxlar, xizmatlarning cheklanganligi bilan bir qatorda, yangi avlod qurilmalarini tezkor joriy etishga to‘sqinlik qiladi.

Manba: www.digitimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq