Xalq taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligi aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha hamkorlik qiladi
24.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Adliya vazirligi aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish boʻyicha hamkorlik dasturini imzoladi.

Dastur doirasida vazirliklar xalq taʼlimi sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash va qonun hujjatlari ijrosini tashkil etish, shuningdek, mazkur sohaga doir qonun hujjatlarini keng targʻib qilish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishda oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan, tomonlar xalq taʼlimi muassasalarida huquqiy savodxonlik burchaklarini tashkil etadi.

Shu bilan birga, vazirliklar xalq taʼlimi muassasalari xodimlari faoliyatini mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq tashkil etishda hamkorlik qilishi belgilangan. Xususan, tomonlar Oʻzbekiston boʻylab xalq taʼlimi muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va “odob-axloq” oyligini oʻtkazish hamda korrupsiya haqida tezkor va anonim xabar berish tizimini takomillashtirish boʻyicha ish olib borishni rejalashtirgan.

Xalq taʼlimi vazirligiga oʻqituvchi obroʻsi, shaʼni va qadr-qimmatini oshirish vazifasi yuklatilgan. Dastur doirasida vazirliklar ushbu yoʻnalishda oʻquvchilar va ota-onalar ishtirokida tadbirlarni amalga oshiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xalq taʼlimi sohasidagi kamchiliklar hamda yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha tezkor munosabat bildirib borishda ham tomonlar hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga vazirliklar xalq taʼlimi sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan tarqatma targʻibot materiallarini tayyorlash va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Dastur doirasida “Huquqiy savodxonlik oyligi”, “Odob-ahloq oyligi” kabi tadbirlar, maktablarda huquqiy savodxonlikni oshirish uchun maxsus darslar oʻtkazish rejalashtirilgan. Maktablarda boʻlajak huquqshunoslarni tarbiyalash dasturlari amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha huquqiy targʻibot sohasida Xalq taʼlimi va Adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirishi hamda bu borada qonun ustuvorligini taʼminlanishiga, shuningdek, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq