O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilar o‘rtasida blis-intervyu o‘tkazdi
24.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kutubxonada yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash va 2019-yilda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish haqidagi jamoatchilik fikrini maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kutubxona foydalanuvchilari orasida blis-intervyu o‘tkazdi.

Blis savollar qo‘yidagilardan iborat bo‘ldi:

1. Kutubxonaga tez-tez tashrif buyurasizmi?

2. Siz ko‘proq an’anaviy katalog yoki elektron katalogdan foydalanasizmi?

3. Kutubxonada ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

4. Kutubxonada bo‘layotgan yangiliklar, fonddagi mavjud yangi kitoblar yoki o‘tkazilayotgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘proq qaerdan olasiz?

a) Kutubxonaning rasmiy veb-portalidan http://natlib.uz

b) Telegram kanalidan https://t.me/natlibuz

c) Tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi https://twitter.com/of_uzbekistan sahifadan

d) Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi National Library of Uzbekistan sahifasidan

5. Kutubxonada yana qanday imkoniyatlardan foydalanishni xohlagan bo‘lardingiz?

Foydalanuvchilar bilan olib borilgan savolnomada asosan til o‘rganish, alohida xonalar ajratish, onlayn-resurslar va audio-resurslar bazasini yangilash, kompyuterlarni ko‘paytirish kabi takliflar berildi. Muloqot qatnashchilari shu kabi savolnomalarni tashkil etilishi kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan ba’zi muammolarni hal etishda, kutubxona faoliyati va o‘zaro hamkorlikda samara berishini ta’kidladilar.

Blis-so‘rovnomada barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun javoblaringizni #kutubxona_kitobxon xeshtegi ostida yozsangiz bas.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq