«Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha UZNEEL dasturi va veb-portalining yakuniy test tekshiruvi o‘tkazildi
24.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 11-dekabr kuni Respublika axborot-kutubxona markazi binosida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha yakuniy test tekshiruv sinovi o‘tkazilmoqda. UZNEEL dasturi va veb-portalining yakuniy test sinovida Respublika axborot-kutubxona muassasalaridan 4 nafar (komplektlash, kataloglashtirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari bo‘limlari) dan mutaxassislar jalb qilingan. Test sinovida jami 50 nafar mutaxassis qatnashdi.

Dasturning test sinoviga tashrif buyurgan tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, Dasturda yo‘l qo‘yilgan va bartaraf etilgan kamchiliklar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek u UZNEEL dasturi va veb-portalida faoliyat yuritadigan mutaxassislarga yangi dastur bilan ishlashda omad tiladi.

Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga Dasturning barcha modullari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy ma’lumot berildi va ularga joylarga borib o‘z hamkasblariga ham o‘rgatish vazifasi yuklatildi.

UZNEEL dasturi va veb-portali bo‘yicha har bir viloyat uchun alohida login-parol orqali saytga kirilib, o‘sha sahifadagi va dasturdagi kamchiliklar belgilab olindi va LG kompaniyasi mutaxassisilariga taqdim etildi, ular o‘z o‘rnida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, dasturning to‘liq ishga tushguniga qadar barchasini tuzatishlari belgilab qo‘yildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq