Germaniyaning Festo kompaniyasi mustaqil o‘rganish funksiyasiga ega uchuvchi BionicFlyingFox robotini taqdim etdi
24.12.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Germaniyaning Festo kompaniyasi yana olamni hayratga soldi. Bu safar uchuvchi BionicFlyingFox robotini taqdim etdi. Mazkur kompaniya ishlab chiqaruvchilarining estetik yondashuvlari haqida ko‘p ma’lumotlar berilgan. Aniq qilib aytganda, ularning robotlari, kapalaklar, chumolilar, o‘rgimchaklar, ninachilar va boshqalar ko‘rinishidagi haqiqiy san’at asarlaridir, biroq ular hayotdagi muhim funksiyalari bilan alohida farq qilmaydilar.

Festoning eng so‘nggi texnologik yangiliklari haqida ma’lumot bergandik. U o‘rgimchak, shar shakliga aylana oladigan BionicWheelBot roboti edi. Endi kompaniya o‘zining yangi ishlanmasi – ucha oladigan BionicFlyingFox’ni taqdim etdi. Uning yaratilishiga ko‘rshapalaklarning alohida turi sabab bo‘ldi.

Qurilmaning umumiy uzunligi 87 sm, qanotlari 228 sm, umumiy og‘irligi 580 g, qanotlari ishlab chiqarilgan material juda yengil, ammo ayni paytda, chidamli va baquvvat. Materiallar tarkibi: 2ta suv o‘tkazmaydigan qatlam va 1ta matoning o‘rta qatlami. Barcha qatlamlar 45ta aniqlovchi nuqtada maxsus payvandlash bilan bog‘langan. Materiallar juda elastik va bardoshli bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p qavatli qatlamga egaligi sababli robot qanotlari hatto biroz shikastlanishi, juda mayda yoriqlar paydo bo‘lishi ham deyarli mumkin emas. Robot shikastlangan qanotlari bilan ham ucha olishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Wing BionicFlyingFox qanotlari bir-biriga ulangan ikkita yaxlit materialdan iborat. Biroq uning qanotlarini kuchlantiradigan alohida boshqaruv richagi va kichik dvigatеllar mavjud. Robot deyarli to‘la avtonom va o‘z energiya manbaiga ega. Biroq operator qurilma korpusidagi kameralar orqali qurilmani boshqarishi mumkin. Shuningdek, tizim sun’iy aql texnologiyasi va o‘zini-o‘zi o‘rganish funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni har qanday vaziyatda robot har safar yaxshi va yanada yaxshiroq ishlaydi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq