Xitoy politsiyasi «qora ro‘yxat» dagi shaxslarni aniqlash uchun «Skynet» aqlli ko‘zoynaklaridan foydalana boshlaydi
22.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yaqinda Pekin shahrining chekkasida joylashgan nazorat punktlaridan birida mahalliy politsiyachilar yangi xavfsizlik vositasini sinab ko‘ra boshlaydilar: bu real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasidagi gumonlanuvchi yo‘lovchilar, avtomobil haydovchilarining tashqi qiyofalari, yuz ko‘rinishlarini va avtomobillarning ro‘yxatga olish raqamlariga mos kelishini aniqlaydigan aqlli ko‘zoynaklardir.

«Skynet» deb ataladigan aqlli ko‘zoynak tizimi LLVision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Sinovlarning boshlanish davri Pekinda yillik Butun Xitoy xalq vakillari milliy kongressining o‘tkazilishiga to‘g‘ri keldi va bu Xitoy rahbarlarining mamlakatda xavfsizlikni yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish istagini ta’kidladi. Matbuot Xitoyda takomillashtirilgan kuzatuv tizimini joriy etilishiga oid ma’lumotlarni bera boshladi. Gonkong universiteti media-tadqiqot loyihasi, Xitoy Media loyihasi koordinatori Devid Bandurskining so‘zlariga ko‘ra, Internet va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan shug‘ullanadigan shunga o‘xshash voqea ijtimoiy va siyosiy nazorat vositalariga aylandi. O‘z navbatida, LLVision kompaniyasining ijrochi direktori Vu Fey, maxfiylik masalalari haqida xavotirlanmaslik mumkinligini ma’lum qildi.

Manba: www.reuters.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq