Ijtimoiy robot Fribo yolg‘iz kishilarni qo‘llashga mo‘ljallangan
22.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

AQShda yolg‘iz yashayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 5 milliondan ortiq yoshlar mavjud va ularning soni ortib bormoqda.

Mazkur odamlarning aksariyati ijtimoiy jihatdan cheklangan. Shunday vaziyat boshqa mamlakatlarda, ayniqsa, Osiyoda ham kuzatilmoqda. Bugungi kunda ko‘plab robotlar ishlab chiqilmoqda, ular ijtimoiy cheklash muammosi bo‘lgan yosh va keksa kishilarga yordam berishga mo‘jallangan. Intuition Robotics ElliQ roboti bunga yorqin misoldir. ACM / IEEE xalqaro konferensiyasida Koreyadan shunday insonlarga yordam berish va o‘zaro hamkorlik qilishga mo‘ljallangan Fribo nomli robot taqdim etildi. Bu robot yolg‘iz yashayotgan insonlar uchun kundalik hayotda muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Fribo roboti bu ishni ajabtovur darajada amalga oshiradi, tinglash va muloqot qilishda do‘stlardan qolishmaydi, deya xabar beradi Robotics.ua.

Fribo uyda sodir bo‘layotgan barcha ovozlarni tinglash qobiliyatiga ega. Uning funksiyasi faqat ovozlarni tanishi bilan bog‘liq emas, balki u turli tovushlarga ham e’tibor qarata oladi. Fribo elektr asboblar, changyutgich, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi, muzlatgich eshigining ochilishi yoki yopishdagi tovush, xonadonga kirish eshiklari yoki ichki eshiklardagi shovqinni va boshqa ko‘p tovushlarni ajrata oladi. Vaqt o‘tishi bilan u insonlar yordamida boshqa yangi shovqinlar nimani anglatishini ham bilib olishi mumkin. Shuningdek, Fribo roboti xonada inson mavjudligi yoki yo‘qligini, harorat, namlik va atrof-muhit yorug‘ligini ham aniqlaydigan sezgir ultratovush datchiklariga ega. Fribo uyda taniydigan shovqinni eshitsa, boshqa robotlarga, xonadon egasining do‘stlariga yoki hatto Fribo tarmog‘iga ham xabar yubora oladi. Tadqiqotda ishtirok etganlar haqiqiy vaqt rejimida Fribo tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar sababli o‘zlarini yolg‘iz his qilmaydilar, aksincha, yonlarida do‘stlari bordek xotirjamlik kayfiyatni namoyon etadilar. Haqiqiy voqelik tuyg‘usi insonni jismonan yaqinroq his qilishini va birgalikda yashash tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu shuni anglatadiki, robot foydalanuvchining do‘stlari bilan o‘rtoqlashadigan virtual hayot maydoni bilan ta’minlaydi.

Fribo taqdim etadigan virtual hayot muhiti bu muloqotda birgalikda yashash holatiga o‘xshashdir, ammo bu hol vositachi-robot mavjudligida katta farqqa ega. Vositachilarning mavjudligi mavjud vaziyat yoki atrof- muhitga nisbatan bir nechta afzalliklarga ega. Birinchidan, do‘stlar orasidagi ijtimoiy masofa vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. Foydalanuvchilar vositachi-robotini sozlashlari bilan birga, taqdim qilingan ma’lumotlarning hajmini nazorat qilishlari va shu bilan charchoqni va yolg‘izlikni nazorat qilishlari mumkin. Ikkinchi afzalligi insonning bilishni xohlamayotgan keraksiz ma’lumotlarini filtrlashdir. Vannaxona va telefon orqali suhbatlashish bilan bog‘liq shaxsiy faoliyat haqidagi ma’lumot, robot bilan birga yashashning ijobiy ta’sirini kamaytiradigan omil. Bir vositachi sifatida robot amallarni tanlaydi, shu bilan birga, hamkorlikda yashash mobaynida yuzaga keladigan kamchiliklarini bartaraf etadi. Tadqiqotchilar Koreyada o‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan robotning boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonqiramayotganlarini ta’kidladilar. Bundan tashqari, uni takomillashtirishni davom ettirishni istamoqdalar va ular Friboning oilaviy guruhlar orasida ishlashini sinab ko‘rmoqchilar. Yonsey universiteti olimlari tomonidan taqdim etilgan «Fribo: kundalik oilaviy faoliyati orqali ijtimoiy shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan tarmoq roboti» ishlanmasi o‘tgan oy Chikagoda bo‘lib o‘tgan HRI-2018da KAIST’da birinchi o‘rin uchun sovrinini qo‘lga kiritdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq