Promobot Kompaniyasi ishlab chiqarishni maydonini to‘rt barobarga oshiradi
21.12.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Biznes uchun avtonom xizmat ko‘rsatish robotlarini ishlab chiqaruvchi Promobot kompaniyasi o‘z mahsulotini yangi maydonga ko‘chirmoqda. Ishlab chiqarish maydonchasida kompaniya o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish, montaj qilish va sinovdan o‘tkazishning to‘liq jarayonini amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda kompaniya Perm shahri markazidagi umumiy maydoni olti yuz metr kvadrat bo‘lgan sanoat binolaridan birining maydonida joylashgan. Yangi maydon Morion Texnoparki bazasida joylashgan va barcha ishlab chiqarishning umumiy maydoni ikki ming kvadrat metrni tashkil etladi. Korxonaning ehtiyojlari uchun bino zamonaviylashtirilib, keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Korxona ko‘chirilishining sababi ishlab chiqarish sikllarining, rivojlanish va logistikani qayta tashkil etilishidir. Bundan tashqari, korxona ko‘chirilishining sababi – ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zaruratidan iborat. Bugungi kunga kelib, kompaniya to‘rt yuztadan ortiq texnik uskunalar ishlab chiqargan, sotish ko‘rsatkichlari yiliga 100 foizdan ortiq, tarqatish geografiyasi esa 120 foizdan ortiq darajada kengayib bormoqda.

2018-yilda kompaniya bir qator yirik shartnomalar tuzdi, ular: AQShga 2,8 ming dona uskunalar yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli bitim, Qozog‘istonga 18ta robotni bir martalik yetkazib berish va boshqalardan iborat. Kompaniya har oy 20ta robot ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Yangi ishlab chiqarish maydonchasi orqali 2022-yilga borib, kamida 100 ta robot ishlab chiqariladi. Kompaniyaning ko‘chirilish jarayoni boshlangan va uni 2018-yil oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

«So‘nggi bor biz ikki yil oldin ko‘chgandik. O‘shandan buyon ko‘p bor kengaydik. Bir yil avval yangi joyga ko‘chish zarurati paydo bo‘ldi, biroq may oyida katta miqdordagi bitimlarni tuzganimiz uchun muammoni tezroq hal qilishga kirishdik. Xizmat ko‘rsatish uchun ishlab chiqiladigan robotlarimiz blan global servis robototexnika bozoridagi ishtirokchisi ekanligimizni bilamiz. Biroq R&D-departamentimizning ishlab chiqarilishini Permda davom ettirmoqdamiz.

Permdagi sobiq Morion zavodi hududida innovatsion kompaniyalar va startaplar yig‘iladigan yirik texnoparkni yaratish rejalashtirilgan. Bu o‘sish va kommunikatsiyalar uchun ajoyib muhit yaratadi. Yangi manzilimiz keyingi 3-5 yilda rivojlanishimizga imkon beradi», deydi Promobot direktorlar kengashi raisi Aleksey Yujakov.

Qoshimcha qilib, shuni ta’kidlamoqchi edikki, joriy yilning sentabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasida toshkentliklar uchun Rossiyaning «Promobot» roboti ham taqdim etildi. Bir nechta rus va mahalliy ommaviy axborot vositalarida «O‘zbekiston politsiyachi-robotni sotib olishni rejalashtirmoqda», «Rossiya Promobot korxonasining politsiyachi-robot xodimi Qozog‘iston Ichki ishlar boshqarmasi xizmatiga kirgan» va ishlab chiqaruvchi kompaniyaning vakiliga aylangan, O‘zbekiston va Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlar bu kabi robotlarni sotib olish haqida so‘rovnoma oldilar.

Manba: www.promo-bot.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq