Oʻzbekistonda birinchi marta moliyaviy texnologiya markazi ochildi
21.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sanoat Qurilish Bankʻning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”) ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov hamda “Sanoat Qurilish Bank” ATB boshqaruvi raisi Aziz Voitov mehmonlarni qutlashdi.

Ushbu markaz, universitet talabalariga turli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida bank biznesining barcha yoʻnalishlari boʻyicha nazariy bilimlarini amaliyotda sinab koʻrishga va bu boradagi koʻnikmalarini mustahkamlashga qulay sharoit yaratadi.

Maʼlumki, “Sanoat Qurilish Bank” bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur kelishuvga koʻra, universitet binosida bank xizmatlari va amaliyotlarini avtomatlashtirish boʻyicha “Sanoat Qurilish Bank”ning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”) tashkil etildi.

Bu tadbir asosida bank va SAP kompaniyasi vakillari Markazda dasturiy taʼminotlar yaratish, ularni bank AKT tizimiga joriy qilish, shu sohada yangi bank xizmatlari uchun biznes jarayonlarni tashkil etish va tahliliy hisobotlarni yaratish, shuningdek dasturiy taʼminotlarga texnik xizmat koʻrsatish bilan talaba yoshlarning biznes borasidagi bilim va tajribalarini kengayishiga imkon yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq