Demo Day: «Startap-tashabbuslari-2018» Dasturining final ishtirokchilarini kutib oling
20.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining uchinchi davri «Demo Day» maxsus tadbiri bilan yakunlandi. Ushbu Dasturda 18 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim qildi. «Demo Day» yakuni bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z g‘oyalarini rivojlantirish uchun beminnat investitsiya shaklidagi pul mukofotlariga ega bo‘ldilar.

Xususan, ariza yuborgan 510 jamoadan 92 tasi Dasturda ishtirok etish uchun saralab olindi. 18 ta jamoa yakuniy uchinchi davrga muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z startap-loyihalarini «Demo Day» tadbiridagi istiqboldagi sarmoyachilar va manfaatdor tashkilotlarga taqdim qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Joriy yilda ta’lim sohasiga oid loyihalar, virtual reallikka asoslangan savdo maydonchalari, startaplar va boshqa loyihalar uchun kraudfanding platformalari, bionik protezni ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanishni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari hamda tibbiyot, reklama, turizm sohasidagi boshqa loyihalar taqdim etdilar.

Bu yil quyidagi beshta jamoalar g‘olib nishonini egalladillar.

1. «Little Big Media» — bu raqamli reklamani joylashtirish uchun supermarketlarda samarali maydonchani taqdim etishga doir xizmat. Maydon ekran (7-8 dyuym) o‘rnatilgan gadjetdan hamda supermarket xaridorlarining smartfonlarini quvvatlantirish imkonidan iborat. Gadjet xaridor aravachasining tutqichiga mahkamlanadi.

2. «Scratch»da dasturlashish» Farg’ona shahridagi loyiha bolalarni dasturiy ko‘nikmalarini va algoritmik fikrlashni rivojlantirish, kompyuter dasturlariga qiziqish uyg‘otish va IT ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan.

3. «Bionik qo‘lni ishlab chiqarish» — bu bionik protezni ishlab chiqarish va sotishga oid xizmat. Bionik protez, bu – yo‘qotilgan organning ishini tuzilmaviy va funksional jihatdan qaytaruvchi sun’iy organ.

4. «UniBus» innovatsion texnologiya bo‘lib, ichidagi mikronazoratchilar yoki mikroprotsessorlar, shuningdek neyron tarmoqlar orqali ishlaydigan aqlli kamerasi yordamida yo‘lovchilar oqimini hisoblash, kun davomida jamoat transportida qo‘llaniladigan malumotlar statistikasini yuritish imkonini beradi.

5. «Startupmarket.uz» — kraudfanding uchun startaplar katalogi.

«Demo Day» tadbirida namoyish etilgan startap-loyihalar «Startap-tashabbuslar» Dasturi ishtirokchilarining uzoq davom etgan mehnati samarasidir. Dastur davomida jamoalarning yetakchilari va a’zolari trekerlar (shaxsiy murabbiylar) rahbarligi ostida o‘z nazariyalarini sinovdan o‘tkazib, minimal ish modellarini yaratdilar va ularni amaliyotda tekshirib ko‘rdilar, maqsadli auditoriyani o‘rganib, qayta javoblarga ega bo‘ldilar, dastlabki «qo‘l» savdosini sinab ko‘rdilar, loyihaning kamchiliklarini tahlil qilib, uni takomillashtirdilar.

Dasturni amalga oshirish davomida jamoalar «tejamkor startap» (Lean Startup) metodologiyasini tushuntirish, g‘oyani rivojlantirish va muvaffaqiyatli biznesga aylantirish asoslarini o‘rganishga qaratilgan besh kunlik amaliy seminarda ishtirok etdilar.

Bunga qo‘shimcha ravishda malakali ekspertlar ishtirokidagi mahorat maktablari, jumladan O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi ekspertlari ishtirokida taqdimotlarni tayyorlash bo‘yicha trening o‘tkazildi.

«Startap-tashabbuslar» Dasturi 2016-yildan buyon amalga oshiriladi va yoshlarni o‘z startaplarini yaratishda hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Dastur BMTTD, Savdo-sanoat palatasining qo‘shma faoliyati mahsuloti hisoblanib, joriy yil «Yoshlar-kelajagimiz» davlat dasturining vazifalarini bajarish doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida, shuningdek Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq