«O‘zbektelekom» AK xodimlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda
19.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Zamonaviy biznes-ta’lim tizimi jamoa boshqaruvini ham o‘rganish mumkinligini yaqqol namoyon etmoqda. Har qanday kompaniya muvaffaqiyatining ma’lum qismi bo‘linma boshqaruvida qanday savodxon menejer turganligi, strategik va taktik qarorlarni to‘g‘ri qabul qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tashkilotning raqobatbardoshligi xizmatlar sifatiga bog‘liq ekanligi tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Kompaniyadagi o‘zgarishlar davrida o‘qitishning muhimligi va talab etilishi yanada dolzarb masalaga aylanadi. Boshqaruvning eski usullari o‘zini oqlamay qoladi va ba’zida ular rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK rahbariyati eski tajribalarni qayta ko‘rib chiqib va yangi yondashuvlarni shakllantirib, kompaniyaning strategiyasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Masalan, yaqinda «O‘zbektelekom» AK xodimlari uchun mintaqaviy treninglarning birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlandi. Trening ishtirokchilari – kompaniyaning amaldagi mintaqaviy trenerlaridir. Treningning maqsadi – savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining menejerlari o‘rtasida bilimlarni oshirish va tajriba almashishdan iborat. Natijada joylardagi xodimlarning savodxonligi, malakasi oshirilib, kompaniya bo‘limlarining faoliyati to‘g‘ri baholanadi.

Toshkentda savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining mintaqaviy menejerlari uchun «Sotuvlarning zamonaviy usullari» mavzusida treningning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Trening interaktiv formatda o‘tkazildi.

Treningning ikkinchi bosqichi Buxoro shahrida o‘tkazildi. Bu to‘rt kunlik ko‘chma trening edi. Bunday format birinchi marotaba amalga oshirildi, bu esa barcha ishtirokchilarga Buxoro misolida, bilim olib, o‘z ish faoliyatlari jarayoni haqida yanada aniq va batafsilroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

Dilnoza Utehodjayeva,

“Oʻzbektelekom” AK Sirdaryo filiali mijozlarga xizmat koʻrsatish savdo ofisi menejeri:

Interfaol usulda oʻtkazilgan seminar mashgʻulotlari barcha hamkasblarim qatori men uchun ham nihoyatda foydali boʻldi. Ushbu sayyor trening davomida olgan bilim va koʻnikmalarim, Buxorolik hamkasblarim bilan tajriba almashganimiz kundalik ish faoliyatimizda asqatishiga ishonaman. AKT asrida oʻzimiz tanlagan sohada kutilgan natijalarga erishishimizda bu kabi seminar-treninglar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurjan Nazarbekov,

“Oʻzbektelekom” AK Toshkent filiali Gʻazalkent mijozlarga xizmat koʻrsatish savdo ofisi menejeri:

Buxoroda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur seminar trening biz soha xodimlari hamisha oʻqib oʻrganishimiz, oʻz fikr doiramiz va kasb malakamizni tinmay oshirib borishimiz zarurligini koʻrsatdi. Barcha ishtirokchilar qatori men ham seminar treningdan olgan bilimlarimni oʻz kundalik faoliyatimda keng qoʻllashni va shu tariqa mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻydim.

Trening natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari, trening ishtirokchilari uchun «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali rahbariyati tomonidan trening yakunida shaharning diqqatga sazovor joylariga kichik ekskursiya tashkil etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq