Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida Beihang universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
19.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17-dekabr kuni Xitoyning Beihang universiteti vakillari bilan kosmik texnologiyalar sohasini Oʻzbekistonda rivojlantirish uchun hamkorlik qilish boʻyicha muhokama uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda TATU oʻquv ishlar prorektori, radio va mobil aloqa fakulteti dekani va xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi ishtirok etdi.

Uchrashuvda TATU tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligi ochish rejalashtirilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, ushbu mutaxassislik uchun oʻquv reja, oʻquv materiallarni almashish, hamkorlikda ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, Beihang universitetining Beidou fakulteti (Beidou Belt&Road School) kosmik texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha Xitoyning ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanib, sunʼiy yoʻldosh aloqasi, navigatsion tizimlar, masofadan boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha yangiliklarni tadqiq etish bilan shugʻullanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq