Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Xalqaro robototexnika olipiadasi qoʻmitasining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili boʻldi
19.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

18-dekabr kuni Filippinning Manila shahrida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro robototexnika olimpiadasi qoʻmitasi – «IROC» (International Robot Olympiad Committee) oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladi.

Maʼlumki, joriy yilning 23–26 oktyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «International Robotics Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasi tashkil etilgandi. Shu munosabat bilan Xalqaro robototexnika olimpiadasi qoʻmitasi Toshkentda oʻtkazilgan «International Robotics Challenge» musobaqasi asosiy tashkilotchilariga, joriy yilning 15–19 dekabrda Filippinning Manila shahrida boʻlib oʻtadigan «IRO» (Xalqaro robototexnika olimpiadasi) ning final bosqichiga taklif etdi. Taʼkidlash joizki, «IRO» (xalqaro robototexnika olimpiadasi) 1999-yildan buyon xar yili muntazam oʻtkazib kelinayotgan xalqaro robototexnika olimpiadasi boʻlib, butun dunyo boʻylab 50 000 nafar ishtirokchilarni qabul qiladi.

Ushbu olimpiada doirasida «IROC» Xalqaro robototexnika olimpiada qoʻmitasi bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumiga koʻra «IROC» Xalqaro robototexnika olimpiadasi qoʻmitasining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi boʻlishiga kelishildi. Shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi «IROC» Xalqaro robototexnika olimpiadasi qoʻmitasining hududiy musobaqasini oʻtkazish imtiyoziga ega boʻlib, Oʻzbekistondan milliy terma jamoani saralab olib, xalqaro olimpiadada ishtirokini taʼminlaydi, “IROC”ning xalqaro olimpiadasini kelgusida Oʻzbekistonda oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.

Ushbu loyihadan asosiy maqsad Oʻzbekistonda robototexnika sohasini ommalashtirish, yoshlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalarga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish xamda yurtimizga xorij mamlakatlaridan iqtidorli yoshlarni keng jalb qilishdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq