Toshkent aholisi Davlat xizmatlari markazlarining ishini baholashdi
18.12.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekistonda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bugungi kunda o‘ziga xos o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda – endi ularning aksariyatini Internetga ulangan kompyuterdan yoki mobil telefondan foydalangan holda olish mumkin. Ba’zi xizmatlar esa hanuz murojaat etuvchining shaxsiy ishtirokini talab qiladi.

Joriy yilda “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent shahrining 11 ta Davlat xizmatlari markazlarida (DXM) ko‘rsatilayotgan xizmatlardan aholining qoniqish darajasini baholash bo‘yicha hududiy tadqiqotlar o‘tkazildi.

2018-yil 5-noyabrdan 5-dekabrgacha bo‘lgan vaqt mobaynida poytaxtning barcha tumanlaridagi DXMga tashrif buyuruvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, olingan javoblar tahlil qilindi. Bugun e’tiboringizga o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etmoqchimiz.

Shu o‘rinda, so‘rovomani o‘tkazishda yaqindan yordam bergan Toshkent shahridagi Inha va Xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Toshkent aholisi Davlat xizmatlari markazlarining ishini qanday baholaganligi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

https://www.egovernment.uz/ru/press_center/publication/kak-otsenivayut-zhiteli-tashkenta-rabotu-tsentrov-gosudarstvennykh-uslug/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq