Janubiy Koreyalik mutaxassis logistika bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi
18.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

14-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida logistika bo‘yicha mutaxassis Aleks (Sun Xi) Yungning “Yevroosiyo logistikasida yigirma yillik tajriba” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachi MDH hududidagi mavjud logistika tizimining holatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Muallifning ma’ruzasi temir yo‘l, avtomobil va aviatsiya logistikasini hamda O‘zbekistonning 12 ta asosiy transport yo‘laklarini qamrab oldi.

Spiker, tadbir ishtirokchilariga, o‘zining logistika sohasidagi ko‘p yillik tajribasidan juda ko‘p qiziqarli narsalarni gapirib berdi. Talabalar qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq