Endilikda ATB InfinBankning istalgan filialida Yandex.Money ilovasida identifikatsiyadan o‘tish bo‘yicha ariza berish mumkin
17.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex.Money’ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilari endilikda ATB InfinBankning istalgan filialida identifikatsiyadan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng elektron hamyon egalari Yandex.Money plastik kartalari yordamida Yandex.Money’ning barcha imkoniyatlaridan foydalanishlari, jumladan, boshqa foydalanuvchilarga xalqaro va ichki pul o‘tkazmalarini yuborishlari, chet el onlayn savdo maydonchalarida amalga oshirgan xaridlar uchun to‘lov to‘lashlari, shuningdek, butun dunyodagi savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Identifikatsiyadan o‘tish ko‘p vaqtni talab qilmaydi. Buning uchun foydalanuvchidan faqat ATB InfinBankning eng yaqin filialiga tashrif buyurish va elektron hamyon raqamini ayrish talab qilinadi. Bank o‘z xizmatlari uchun 25 ming so‘m haq oladi (bu yerda va keyinchalik — RF Markaziy bankining 17.12.2018 sanasidagi kursi bo‘yicha). To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, ATB InfinBank darhol Yandex.Money foydalanuvchisi ma’lumotlarini xizmatga taqdim etadi. Xizmat olingan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi va undan keyin foydalanuvchi elektron hamyon menyusida identifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Identifikatsiyadan o‘tilgan hamyon hisobini Yandex.Money saytida yoki Visa va Mastercard orqali xizmatning Android yoki iOS tizimi uchun mo‘ljallangan mobil ilovasida to‘ldirish mumkin.

Identifikatsiyalangan hamyon dunyoning istalgan davlatida bo‘lgan insonning nafaqat elektron hamyoniga, balki karta yoki bankdagi hisob raqamiga pul o‘tkazmalarini yuborish imkonini beradi. Foydalanuvchilar, shuningdek, Western Union va Юнистрим orqali ham pul o‘tkazmalarini yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, indentifikatsiyalangan hamyondan butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan xaridlar uchun to‘lov to‘lash mumkin. Foydalanuvchi elektron hamyondan bir martada 31 mln so‘m, unga bog‘langan bank kartasidan esa 12,5 mln so‘m sarflashi mumkin. Hamyon uchun Yandex.Money plastik kartasini chiqarish va u orqali internet yoki dunyoning istalgan savdo nuqtalarida, jumladan, Apple Pay, Google Pay va Samsung Pay tizimlari orqali masofadan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Karta, shuningdek, istalgan bankomatlardan bir martada 12,5 mln so‘mgacha naqt pul yechib olish imkonini ham beradi (uchinchi tomon hisoblanuvchi hamkorlarning konvertatsiya uchun oladigan komissiya to‘lovlarisiz). Yandex.Money ilovasidagi hisob va operatsiyalar rublda amalga oshiriladi, so‘mnni rublga konvertatsiya qilish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

«“Yandex.Money” xizmati Rossiya davlatiga tegishli bo‘lishiga va RF qonunlari asosida ishlashiga qaramasdan, undan internet mavjud bo‘lgan istalgan joyda foydalanish mumkin va ayni vaqtda dunyoning turli davlatlarida millionlab insonlar undan foydalanishmoqda. Endilikda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar ham elektron hamyonni identifikatsiyadan o‘tkazish va uning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘z ma’lumotlarini ATB InfinBank orqali Yandex.Money xizmatiga taqdim etishlari mumkin. Ayni vaqtda O‘zbekiston aholisi uchun qulay bo‘lgan elektron hamyon hisobini to‘ldirish usullari ro‘yxatini kengaytirish ustida ish olib bormoqdamiz», — deydi Yandex.Money mahsuloti bo‘yicha direktor, Alla Savchenko.

«Biz O‘zbekiston aholisi uchun onlayn to‘lov va pul o‘tkazmalarining barcha zamonaviy imkoniyatlaridan foydalana olishi uchun harakat qilmoqdamiz. Yandex.Money — Rossiya davlatida eng ommabop elektron to‘lov tizimi hisoblanadi va u foydalanuvchilarga elektron to‘lov sanoatining innovatsion yechimlarini taklif qiladi. O‘zbekiston aholisi ham Yandex.Money xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘lganidan biz juda ham xursandmiz. Hozirgi kunda Yandex.Money xizmatidagi elektron hamyonni identifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ATB InfinBankning istalgan filiali orqali ariza berish mumkin, kelajakda bunday imkoniyat barcha mini-banklarimizda ham paydo bo‘ladi», — deydi ATB InfinBank raisi o‘rinbosari, Sergey Gimadiyev.

Yandex.Money — bu Mediascope izlanishlariga ko‘ra, 2018-yilda runet tizimida eng ommabop bo‘lgan elektron hamyon. Yandex.Money xizmati foydalanuvchilari tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni xizmatning saytida, shuningdek, Android yoki iOS uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarda amalga oshirishlari mumkin. 2018-yil kuz fasliga qadar Yandex.Money xizmatida butun dunyo bo‘ylab 46 mln’dan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

ATB InFinBankka 2007-yil oktabr oyida asos solingan. Bank yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Hozirgi kunda ATB InFinBankning Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 5 ta filial va 12 ta mini-banki mavjud. Bank O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib ISO 9001:2015 sifatidagi boshqaruv tizimidan foydalana boshladi, shuningdek, korporativ SAP dasturiy ta’minot yechmlariga raqamli transformatsiyani amalga oshirdi — mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish (CRM), biznes-tahlil, byudjetlash va rejalashtirish tizimlarini yagona tizimga birlashtirdi. «Moody’s» xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan ATB InFinBank uchun «Barqaror» maqomi bilan «B2» darajali reyting tasdiqlangan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq