“IT-Planeta 2018/19” XII Xalqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ro’yxatdan o’tkazish boshlandi
15.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
10-dekabrdan MDH davlatlari oʻrtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng keng qamrovli olimpiada – “IT-Planeta 2018/19” axborot texnologiyalari sohasida XII Xalqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ro’yxatdan oʻtkazish boshlandi.
Qatnashishga rus tilini biladigan va 25 yoshgacha boʻlgan talaba yoshlar taklif etiladi.
Bu yilgi bellashuv quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
— “Dasturlash”;
— “Cloud computing va maʼlumotlar bazasi”;
— “Telekom”;
— “Mobil platformalar”;
— “Raqamli ijodiyot”;
— “Erkin dasturiy taʼminot va robototexnika”;
— “Cheklanmagan imkoniyatlar”.
Har bir ishtirokchi oʻzini xohlagancha tanlovlarda sinab koʻrishi mumkin.
Yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ishtirokchilar 2019-yilning iyun oyida Moskva shahrida boʻladigan finalga taklif etiladilar.
Har bir boschiq – bu oʻzining kasbiy mahorati darajasini bilish, ish beruvchi korxonalar vakillari bilan aloqani oʻrnatish va homiylar va tashkilotchilardan: olimpiadada qatnashganlik haqida sertifikatlar olish, diplom, qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiritish imkoniyatidir.
AT-olimpiadasi tanlovlarining hamkorlari va tashkilotchilari sifatida AT-bozorining Rossiya va xalqaro lider kompaniyalari jalb etilgan: 1C, Huawei, Oracle, GNU/Linukssentr GENDALF, Morizo Digital, SimbirSoft, TIM3R.ru.
Tanlovlarda qatnashish uchun http://world-it-planet.org saytida har bir tanlov qoidalarida koʻrsatilganidek muddatlarda ro’yxatdan oʻtish shart.