Farzandingiz Google tanlovida ishtirok etishini istaysizmi?
15.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Jons English academy” NTM bilan hamkorlikda texnologik avlodni rivojlantirish boʻyicha Generation z Lab loyihasini joriy qilmoqda.

Loyiha mualliflari — Technovation Challenge 2018 yirik xalqaro tanlov finaliga chiqqan jamoa rahbarlari boʻlib, mazkur jamoa AQSH ning Kremniy vodiysida Oʻzbekiston nomidan texnologik tanlovda ishtirok etdi. Olingan tajribani boʻlishish maqsadida “Jons English academy” NTM yoshlarni xalqaro IT loyihalarga jalb qilib, ularni xalqaro texnologik tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlaydi.

Bugungi kungacha shu kabi yirik tanlovlar haqidagi maʼlumot mamlakatimizda deyarli tarqatilmasdi. Dasturda ishtirok etish uchun ishtirokchidan texnik koʻnikmalar yoki maxsus taʼlim talab qilinmaydi. Unda 10-18 yoshdagi bolalar ishtirok etishi va 18 yoshga yetgan yoshlar murabbiy sifatida oʻz kuchini sinashlari mumkin. Ushbu dastur Google, Apple kabi yirik kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro texnologik loyihalarda ishtirok etish yoʻli bilan yosh avlodni STEM (S – science (tabiiy fanlar), T – technology (texnologiyalar), Ye-engineering (muhandislik), M-mathematics (matematika) ga jalb qilish uchun ishlab chiqilgan. Asosiy sovrinlar – pul mukofoti, Kremniy vodiysiga sayohat va loyihani xalqaro auditoriyaga namoyish etish.

Dastur ishtirokchilari quyidagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniga ega boʻladi:

Google Science Fair – 13-18 yoshli bolalar uchun Google kompaniyasining ilmiy loyihalar tanlovi. Unda bolalar jamiyatdagi biron muammoni koʻtarib chiqib, uni texnologiyalar yordamida yechishga harakat qilishadi. Gʻolib boʻlgan jamoa 50 000$ miqdorida grant va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritishadi. 2018 yilda 20 xalqaro finalchilar Google ning bosh ofisiga tashrif buyurish imkoniga ega boʻlishdi.

https://www.googlesciencefair.com/

The Clean Tech Competition – yuqori sinf oʻquvchilari uchun tanlov, unda bolalar ekologik toza energiya manbalarini integratsiya qilgan holda ilmiy yondashuvlar yordamida real muammolarni yechishadi. Finalga chiqqan 6 ta jamoa 10 000$, 7000$, 5000$, 1000$ miqdorida pul yutuqlarini oladi. 2018 yilda tanlovda 39 mamlakatdan 1100 nafar bolalar, 550 jamoa ishtirok etdi.

https://www.cstl.org/cleantech/

Dasturda roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola orqali oʻting:

https://goo.gl/forms/919CUifNLl8zU2UN2

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi va hududiy boshqarmalariga murojaat qiling.

Loyiha koordinatorlari: 95 1449442, 97 4405318

E-mail: generationzet2018@gmail.com

Oʻtgan yili “Technovation Challenge 2018” tanlovida ishtirok etgan gʻoliblar oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.

Sagindikova Tamila, 10 yosh: “Tanlov haqida onamdan eshitdim. Bunday tanlovlar butun dunyodagi qizlarga oʻz texnik mahoratlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bizning jamoamizga eng yaxshi ustozlar murabbiylik qildi. Tanlov tufayli dasturlash, prezentatsiyalar qilish, sahnada chiqishni oʻrgandim. Kremniy vodiysida NASA, Google kabi yirik kompaniyalarning ofislarida boʻldik. Kelajakda ham kompyuter texnologiyalarini oʻrganishni xohlayman”.

Sharifjonova Sevinch, 12 yosh: “Xalqaro tanlovda ishtirok etish bizga katta tajriba berdi. AMD, Google va NVIDIA kabi yirik kompaniya xodimlari bilan muloqot qilish bizda katta taassurot qoldirdi. Biz ularning tarixi bilan yaqindan tanishdik, rivojlanish uchun barcha qiyinchiliklarni yengish qanchalik muhimligini oʻrgandik. Mazkur loyiha hayotimdagi eng kuchli startap boʻldi”.

Axrorova Muslima, 13 yosh: “Men ham “Generation Z” jamoasi bilan xalqaro tanlovda ishtirok etdim. Amerikaga borish eng katta orzularimdan biri edi. Safar chogʻida AQSH ga dunyoning barcha nuqtalaridan kelgan qizlar bilan tanishdim. San-Fransiskoning eng mashhur joylarida boʻldim, IT sohalarida katta tajribaga ega boʻldim. Tanlovdagi ishtirokimdan soʻng dasturlash bilan faol shugʻullana boshladim. Hozirda men App Inventora da ilovalar va maxsus dastur kodlari yordamida oddiy saytlar yarata olaman.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq