Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda innovatsion yondashuv
14.12.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yil 13-dekabr kuni Aloqa tarixi muzeyida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) tomonidan muntazam tashkillashtirilib kelinayotgan navbatdagi haftalik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlat xizmatlariga innovatsion yondashuv va Markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan tijorat xizmatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari, shuningdek, “Ernst & Young” auditorlik tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.

Haftalik seminarni Markazi direktorining o‘rinbosari F.Aripjanov ochib berdi.

«Ernst & Young” vakili Ruta Makarevichiute “Davlat xizmatlariga innovatsion yondashuvlar: “Ernst & Young tajribasi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi, tashkilot faoliyati, raqamli transformatsiyalashning asosiy omillari, sun’iy intellekt va tashkilotning boshqa yo‘nalishlardagi tajribasi haqida ma’lumot berdi.

“Boshqaruvda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali hukumat nafaqat aholi turmush tarzini yaxshilaydi, balki sezilarli darajada mablag‘larni iqtisod qiladi”, — dedi Ruta Makarevichiute.

Taqdimot yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida “Elektron hukumat” markazning yetakchi mutaxassisi Ilxom Xojiqulov markazning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ko‘rsatayotgan tijorat xizmatlari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi, ayniqsa, media mahsulotlarni ishlab chiqish xizmati bo‘yicha Media markaz tomonidan yaratilgan logotiplar barchaga manzur bo‘ldi.

Markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Endilikda davlat organlari vakillari ushbu xizmatlar yuzasidan Markaz mutaxassislariga murojaat qilishlarini mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

“Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xizmatlari

Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish. Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan so‘rovnomalar asosida bozor hamda raqobatdoshlikni o‘rganish orqali kompaniyaning foydali segmenti aniqlanadi, maqsadli auditoriya mezonlari ishlab chiqiladi va h. k.

Biznes jarayonlarni maqbullashtirish. “Biznes jarayonlarni maqbullashtirish” xizmati istalgan tashkilotning biznes jarayonlarini jiddiy tahlil qilish, ortiqcha va takrorlanuvchi amaliyotlarni aniqlash va tashkilotning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Veb-saytlar ekspertizasi/monitoringi. Tashkilotlarning rasmiy veb-sayti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ekspertizadan o‘tkaziladi.

«Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha konsalting. «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha konsalting AKT va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda shahar infratuzilmasini innovatsion qayta tashkil etish hamda mavjud bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun yo‘naltirilgan. Markaz mutaxassislari jamoat xavfsizligi, transportlar harakatlanishini boshqarish, “aqlli” turizm, “aqlli” uy, “aqlli” sog‘liq singari yechimlarni amalga oshirishni taklif etishadi.

Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish. Davlat standartlariga muvofiq dasturiy ta’minotni yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlari ishlab chiqiladi. Mutaxassislar sifatli, to‘liq va yuridik jihatdan to‘g‘ri hujjatlarni ishlab chiqishga yordam berishadi.

Media mahsulotlarni ishlab chiqish. Media Markaz mutaxassislari professional darajada brend g‘oyasini ishlab chiqishga (rebrending, logotiplar, dizayn va bosma mahsulotlarni tayyorlash, suratga olish va video, foto, audio materiallarni qayta ishlash) ko‘maklashishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq