Kremniy vodiysi ekspertining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi
13.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

12-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “LinkedIn platformasida onlayn obro‘ni shakllantirish va boshqarish” mavzusida Kremniy vodiysi eksperti Shaxina Po‘latovaning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachi tadbir ishtirokchilariga LinkedIn platformasida onlayn obro‘ni shakllantirish va boshqarish usullari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Spiker, ushbu platforma dunyo professionallarini birlashishga, ularni unumdorligi va muvaffaqiyatliligini yanada oshirishga, shuningdek, global ishchi kuchining har bir a’zosiga iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda ko‘mak berishini qayd etdi.

Tadbir so‘ngida Shaxina Po‘latova talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi hamda universitetga tashrif buyurganidan, talabalar bilan muloqot qilganidan mamnunligini bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq