Onlayn platforma orqali tadbirkorlar haqida ma’lumot olish mumkin
12.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yangi onlayn platforma yordamida bo‘lajak biznes-hamkor (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) to‘g‘risida ma’lumot olishingiz, ishonchli ekanligini tekshirishingiz mumkin.

Ushbu platforma yordamida tadbirkorlik subyektlari haqida asosiy ma’lumotlarni ochiq, onlayn ravishda olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Mazkur servisning asosiy vazifalaridan biri — fuqarolarga kelajakdagi hamkorlari bilan aloqalarni o‘rnatishda firibgarliklarning oldini olishdan iborat.

Potensial biznes hamkor haqida ikkita portal orqali onlayn ma’lumot olish mumkin:

fo.birdarcha.uz;

my.gov.uz.

Avvalgi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni shaffof tarzda taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan, bu esa investorlarning yuridik shaxs to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini cheklagan edi.

Endilikda mazkur tizim ro‘yxatdan o‘tgan sanadan tortib, boshqaruvchi to‘g‘risida ma’lumot, agar yuridik shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, muassislar va ularning ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli mavjud ma’lumotlarni avtomatik tarzda taqdim etadi.

Sizdan faqatgina tegishli tadbirkorlik subyektining STIR-raqamini kiritish talab etiladi.

Bu kabi platformani yaratish — mamlakatimizning investitsiya muhitini yaxshilash, biznes faolligini oshirishga qaratilgan qadamlaridan biridir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq