Tayanch oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish takliflari 2019-yilning 1-avgustigacha ishlab chiqiladi
11.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ijtimoiy tarmoqlarda va Internet nashrlarida 2019-2020 yillarda umumtaʼlim maktablaridagi tayanch oʻquv rejasi toʻgʻrisida hujjat chop etildi. Ushbu hujjatda ayrim fanlarning dars soatlarini kamaytirilishi nazarda tutilgan.

Ushbu hujjat asosida baʼzi darslik mualliflari, oʻqituvchi va pedagoglar nima uchun bu yoki u fanning soati kamayishi kerak degan savol bilan bir qator maqolalar chop etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi shuni maʼlum qiladiki, 2019-2020 oʻquv yillari uchun umumtaʼlim maktablarining tayanch oʻquv rejasi hali tasdiqlanmagan.

Hozirgi kunda Xalq taʼlimi vazirligi maktab taʼlimi tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan koʻplab tashabbuslarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Baʼzi loyihalar ekspertlar tomonidan taklif bildirilgan boʻlsa, yana baʼzilari moliya va boshqa sohaga oid masalalarga masʼul davlat organlari tomonidan takliflar berilmoqda.

Shunday tashabbuslardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Mazkur qarorning 18-bandiga asosan, Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlimning amaldagi tayanch oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqib, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar boʻyicha dars soatlari qisqartirilgan mutaxassislarni talab yuqori boʻlgan boshqa oʻquv fanlarga bepul qayta tayyorlab oʻtkazishi lozim. Mazkur yoʻnalish boʻyicha takliflar 2019-yilning 1-avgustga qadar ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozir tegishli vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandini bajarish yuzasidan takliflar tayyorlash ustida ish olib borishmoqda.

Ushbu jarayon davomida, shubhasiz, barcha fan predmetlari ularning zamonaviy talablarga javob bera olishi boʻyicha tahlil etiladi, bu esa darsliklarni yangilanishiga olib keladi.

Oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqishdan asosiy maqsad — bitiruvchilar hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari va muvaffaqiyatga erishishlari uchun kerakli boʻlgan bilim va koʻnikmalar berish orqali taʼlim sifatini yaxshilash.

Oʻquv rejasi boʻyicha qaror ayrim kishilarning nuqtai nazaridan emas, badki mamlakat va bolalar manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.

Xalq taʼlimi vazirligi barchani avvaldan xulosa chiqarmaslikka, aksincha, sifatli oʻquv rejasini tuzish va darsliklar yaratish hamda xalq taʼlimi tizimiga oid boshqa masalalar muhokamasida faol ishtirok etgan holda oʻz hissasini qoʻshishlarini soʻraydi.

Muhokamalarda davlat taʼlim standartlari negizida bir necha ssenariylar koʻrinishidagi oʻquv rejalari ishlab chiqiladi. Yakuniy ssenariylar loyihalari keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.

Xususan, hozirda barcha xohlovchilar mavjud darsliklar muhokamasida ishtirok etishlari mumkin, buning uchun oʻz tavsiya va takliflaringizni www.eduportal.uz. portaliga qoldirishingizni soʻraymiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq