«Oʻzbekiston korxonalarini rivojlantirishda axborotlashgan iqtisodiyotining oʻrni» mavzuga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi
11.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

7-dekabr kuni «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedrasi tomonidan «BV-Atex-2018-271″ Oʻzbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyotning oʻrni» loyihasi doirasida «Oʻzbekiston korxonalarini rivojlantirishda axborotlashgan iqtisodiyotining oʻrni» mavzuga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminar-davra suhbatini tashkil etishdan maqsad, Oʻzbekiston korxonalarini rivojlantirishda axborot almashinuvi va ularning korxona uchun ahamiyati, axborot iqtisodiyotining oʻrnini koʻrsatib berish, shuningdek, korxonalarda axborotlashgan iqtisodiyotni faol qoʻllash boʻyicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat b oʻldi.

Seminarda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

— axborot (raqamli) iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatning oʻrni;

— respublika korxonalari faoliyatida IT ning oʻrni va ahamiyati;

— respublika korxonalari faoliyatida axborot (raqamli) iqtisodiyotining oʻrni;

— korxonalar faoliyatida axborot (raqamli) texnologiyalarni qoʻllashning nazariyasi va amaliyoti.

Muhokama etilgan masalalar boʻyicha axborotlashgan iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyatida foydalanish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha amaliy tavsiya va takliflar taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq