7 milliondan ortiq iste’molchilar 2021-yil yakunigacha avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanadi
11.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 23-oktyabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi.

2021-yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha etkazilishi belgilangan.

Avtomatlashtirilgan tizim iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Ya’ni, iste’molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordi-yu, qarzdorligi mavjud iste’molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste’molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi etkazib berilishi to‘liq ta’minlanadi. Bundan tashqari, iste’molchilarga etkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq