Yoshlar hayotida axborot texnologiyalarining o‘rni mavzusiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi
10.12.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining markaziy binosida «Innovatsion texnologiyalar va yoshlar: imkoniyatlar, vazifalar va istiqbollar» mavzusiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, shuningdek, qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Markaz direktori o‘rinbosari M.Rasulov «Yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash: muammo va yechimlar» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. U yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, Open Data Challenge (Xakaton) tanlovi haqida so‘zlab berdi.

«Mana shunday tadbirlarning ko‘proq o‘tkazilishi qo‘yilgan maqsadlarni tezroq amalga oshirishga sabab bo‘ladi», – dedi M. Rasulov.

Anjumanda shuningdek, yoshlar orasida innovatsion texnologiyalarni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim muammolar borligi ta’kidlandi. Masalan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq kovorking markazlarning ko‘plab loyihalari faqatgina poytaxt va yirik shaharlarnigina qamrab oladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq