TATUda Asosiy Qomusimizning 26-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi
07.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

6-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26-yilligi munosabati bilan “Qomusimiz — baxtimiz” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori T.Teshabayev, prorektorlar, professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdilar. Rektor tabrik soʻzidan soʻng, Gumanitar fanlar kafedrasi professori dotsenti Baxtiyor Omonov – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarning mustahkam negizi” mavzusida maʼruza qildi.

Ushbu tantanali tadbirda ishtirok etgan Maxsus avariya tiklash boshkarmasi 15361-sonli harbiy qism qoshidagi “Impuls” harbiy vokal cholgʻu ansambli jamoasi oʻzining musiqiy chiqishlari bilan tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.

Tadbir davomida bayramga qoʻshaloq tuhfa sifatida 2018-yil natijalariga koʻra, Beruniy hamda Islom Karimov Davlat stipendiyasi bilan taqdirlangan 4 nafar iqtidorli talabalarga stipendiya guvohnomalari topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq