TATU talabalari «Open Data Challenge-2018» da gʻolib boʻlishdi!
07.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

7-dekabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida «Open Data Challenge-2018» (Xakaton) tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Xakatonda talabalarimiz ham ishtirok etishdi va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Xususan: «Eng yaxshi ochiq maʼlumotlar generatsiya (trasformatsiya) loyiha» yoʻnalishida “Signum” loyihasi bilan 1-oʻrinni hamda “Hakaton Gran-Pri”sini (Madridga yoʻllanma) “Axborot xavfsizligi” fakulteti talabalari: Turgʻunov Rustam, Galiullin Timur, Valiyev Sherzod, Fayziyev Muxammadjonlar qoʻlga kiritishdi “Eng yaxshi biznes loyiha”yoʻnalishida esa “BizPlace” loyihasi bilan 2-oʻrinni “Dasturiy injeniring” fakulteti talabalari: Sobirov Jamshid, Abduyaminov Azamat, Olimov Aziz, Karimov Oqil, Mashhurov Azamatlar qoʻlga kiritishdi.

Eslatib oʻtamiz: 1-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi INHA universitetida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi “Open Data Challenge-2018” (Xakaton) tanlovi tashkil etilgan edi. Maʼlumot oʻrnida aytish jizki, Open Data Challenge – bu dasturchilar jamoalari tezkorlik bilan ochiq maʼlumotlar asosida muayyan mahsulotlar ishlanmalarini yaratish boʻyicha musobaqalashadigan tanlovdir. Open Data Challenge tanlovining farqli jihati shundaki, jamoalar qatʼiy chegaralargan muddatlarda ish olib borishlari zarur: ikki kun davomida abstakt (mavhum) gʻoyalar, yangi veb va mobil servislarning prototiplari va alfa-talqinlariga aylanadilar. Izchil ravishda uch kun davomida olib borilgan ishlar natijasida “Open Data Challenge-2018” tanlovi ishtirokchilari hayotning turli sohalari: moliya, transport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqalar uchun yangi ijtimoiy jihatdan manfaatli loyihalar tayyorlaydilar. Shu tariqa tadbirning moddiy natijalari oʻlaroq, mobil va veb-ilovalar, turli qurilmalar paydo boʻladi.

Loyiha ishlanmalaridan tashqari, “Open Data Challenge-2018” tanlovi doirasida dasturchilar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha mahorat maktablari va treninglar tashkil etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq